Biz o‘z dunyomiz, qalbimiz, shahvatimiz, ishtiyoqimizni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lolmas ekanmiz, buni boshqa birovlarga uqtirishimiz bema’nilikdir, behudadir. Oyati karimada bu borada shunday marhamat qilinadi: "Ey iymon keltirganlar! Nima uchun qilmaydigan narsalaringizni gapirasiz?! Qilmaydigan narsangizni gapirishingiz Allohning huzurida qattiq nafratga qolgandir". Biz na notiqmiz, na-da jarchi. Muammo faqat gapirish bo‘lsa, mohir notiqni chaqiraylik. Mayli, u bizga namoz o‘qib bermasin, lekin namoz haqida gapirsin. Biroq tinglash bilan barchasi hal bo‘lmaydi-da. O‘zingiz his qilmaganingizni gapirsangiz, bu va’zxonlikdan kimga ne naf!? Shuning uchun bu ishning avvali o‘z nafsimiz islohi bilan boshlanadi. "Alloh bilan ko'ngil suhbati
Narxi: 169000