Atham Amin Nemutluning "Duo taqdirni o‘zgartiradi" kitobi – bu har bir inson hayotida duch keladigan sinovlar va burilish nuqtalariga yangicha nigoh bilan boqishga undovchi noyob asardir. Haqiqiy hayotiy voqealardan ilhomlanib yozilgan ushbu roman, duoning inson taqdirini o‘zgartirishdagi beqiyos qudratini ochib beradi. Bu kitob, ayniqsa, umidsizlikka tushgan, isyonkor lahzalarda ham qisqagina bir duo bilan taqdir oqimini o‘zingiz tomonga burish mumkinligini uqtiradi. Har bir kechaning tongi bo‘lgani kabi, har bir dardning ham yakuni borligini eslatadi. Unda hayotning har qanday og‘ir damlarida ham yiqilishdan so‘ng kuch topib, o‘rnidan turish va maqsadlar sari dadil odimlashga chorlanadi. Ushbu kitob Islomdagi duoning muhim o‘rni va inson ruhiyatiga ta’sirini chuqur tahlil qiladi. Qur’on oyatlari va Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) hadislariga asoslanib, duo orqali hayotda ijobiy o‘zgarishlarga erishish, ichki xotirjamlik va ma’naviy muvozanatni topish yo‘llarini ko‘rsatadi. Muallif duoning samimiyat, ichki ishonch va maqsadlilik bilan qilinishi zarurligini ta’kidlaydi, bu esa uni yanada samarali qiladi. "Duo taqdirni o‘zgartiradi" nafaqat duolarning matnini o‘rganish, balki ularni chuqur tushunish va qalbdan his qilish orqali shaxsiy rivojlanishga yordam beradi. Bu asar diniy qadriyatlar asosida o‘zgarishga intilganlar, ruhiy osoyishtalik izlovchilar va taqdirini yaxshilashni xohlovchilar uchun qimmatli qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. O‘qigan har bir kitobxonni motivatsiya, sabr va shukr qilishga chorlovchi bu roman hayotingizda katta burilish yasashi shubhasizdir.
Narxi: 79000