Baqirmaydigan bolalar kitobi: Baxtli va Sokin Farzand Tarbiyasi Yo‘riqnomasi

"Baqirmaydigan bolalar kitobi: Baxtli va Sokin Farzand Tarbiyasi Yo‘riqnomasi" nomli maxsulot haqida:

Baqirmaydigan bolalar kitobi: Baxtli va Sokin Farzand Tarbiyasi Yo‘riqnomasi maxsuloti rasmi

Xadicha Kubro Tongar qalamiga mansub "BAQIRMAYDIGAN BOLALAR" kitobi – bu zamonaviy ota-onalar, ayniqsa onalar uchun sokin va sezgir farzandlar tarbiyasi borasida bebaho qo‘llanmadir. Farzandingiz yig‘laganda, injiqlik qilganda yoki uning xatti-harakatlari ortidagi sabablarni tushunishni xohlaysizmi? Ushbu kitob baqirish va jazolashsiz, mehr, tushuncha va hurmat bilan tarbiya berish mumkinligini ko‘rsatadi. Unda siz farzandingizni voyaga yetkazishning samarali usullari hamda baxtli va xotirjam ona-bola munosabatini qurish yo‘llari bilan tanishasiz. Asar bolalarda o‘ziga ishonchni tarbiyalash, oilada sevgi va o‘zaro tushunish muhitini yaratish kabi muhim jihatlarga e’tibor qaratadi. Muallif bolalarga “bizniki” deb qarash noto‘g‘ri ekanini, aksincha, biz bor-yo‘g‘i Yaratganning oldidagi bir omonatchi ekanligimizni eslatib, farzand tarbiyasi borasidagi fikrlaringizni mutlaqo o‘zgartiradi, xatolarimizga oyna tutadi. Kitobda turli tushunmovchiliklar, sababsiz yig‘ilar, itoatsizliklar, o‘ziga ishonchning sustligi, uyga vazifalarga e’tiborsizliklar yoki internet olamiga qaramlik kabi ko‘plab muammolarga yechim topasiz. "Baqirmaydigan bolalar" Turkiyaning eng ko‘p o‘qilgan bolalar taʼlimi kitobi deb e’tirof etilgan va millionlab ota-onalarning qalbini zabt etgan amaliy qo‘llanmadir. Bu kitob nafaqat amaliy maslahatlar beradi, balki onalarga o‘zlarini ishonchli his qilishlariga, stress darajasini pasaytirishga va onalik vazifalarini ortiqcha yuklamasdan boshqarishga yordam berish orqali hissiy yordam beradi. Farzandingiz bilan yanada yaqin bo‘lishni va uning ichki olamini tushunishni xohlaysizmi? Unda bu kitob aynan siz uchun!

Narxi: 97000

Buyurtma berish: