Goʻzal xulqlar: Bolalar uchun odob-axloq saboqlari

"Goʻzal xulqlar: Bolalar uchun odob-axloq saboqlari" nomli maxsulot haqida:

Goʻzal xulqlar: Bolalar uchun odob-axloq saboqlari maxsuloti rasmi

Farzandingizning kamolotiga hissa qoʻshishni istaysizmi? Gʻiyosiddin Yusuf qalamiga mansub "Goʻzal xulqlar" kitobi yetti yoshdan katta bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, ularni goʻzal axloq va odob sirlari bilan tanishtiradi. Harflar bilan endi tanishib, kitobga mehr qoʻygan bolajonlarga moʻljallangan ushbu asar 40 ga yaqin ibratli mavzularni oʻz ichiga oladi. Bu kitobda har bir goʻzal xulq (sabr, vafo, ilm, saxiylik, xushmuomalalik, sodiqlik, kamtarlik, rostgoʻylik, itoat, doʻst tanlash, va’daga vafo, uzr soʻrash va boshqalar) batafsil yoritilgan. Siz farzandingizga ushbu xulqlarning ta'rifini, ularni qanday shakllantirish mumkinligini va bu xulqlarga ega boʻlmaslikning oqibatlarini tushuntira olasiz. Kitobda deyarli har bir mavzuga mos keladigan ta'sirchan hikoyalar va rasmlar ham berilgan boʻlib, bu bolalarning mavzularni osonroq tushunishi va eslab qolishiga yordam beradi. • Muqovasi: yumshoq • Sahifa: 187 bet

Narxi: 84000

Buyurtma berish: