Internet Fiqhi: Raqamli Dunyoda Halol-Haram Chegaralari

"Internet Fiqhi: Raqamli Dunyoda Halol-Haram Chegaralari" nomli maxsulot haqida:

Internet Fiqhi: Raqamli Dunyoda Halol-Haram Chegaralari maxsuloti rasmi

📚 Yangi Kitob: "Internet Fiqhi" 📚 — Bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan internetdan foydalanishda shariat ko‘rsatmalariga amal qilish har bir musulmon uchun dolzarb masaladir. Hurmatli do‘stlar! Endilikda buyuk olim Nuriddin Yildiz qalamiga mansub "Internet Fiqhi" kitobi siz uchun mavjud! Bu asar zamonaviy texnologiyalar va internet olamida yuzaga kelayotgan shar'iy masalalarni chuqur yoritib beradi. Kitobda onlayn muloqotning nozik jihatlari, ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, halol va harom chegaralari, shuningdek, raqamli makonda axloqiy tamoyillarga rioya qilish kabi muhim savollaringizga atroflicha javob topasiz. Muallif, Islom dinining hayotning har bir jabhasini, hatto eng kichik tafsilotlarigacha qamrab olishi haqiqati doirasida texnologiyaga muvozanatli va shakllantiruvchi nigoh bilan qarashga chaqiradi. "Internet Fiqhi" kitobi hozirgi zamonda internetdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mukammal qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi va televideniye misolida yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikka undaydi. Ushbu kitob orqali siz internetning foydali imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish, ayni paytda uning salbiy ta'sirlaridan himoyalanish yo‘llarini o‘rganasiz. Asarda internet orqali ma'lumot olish, ilm o‘rganish, axloqni mustahkamlash va diniy tushunchalarni kengaytirish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berilgan. • Internet va axloq qoidalari • Raqamli olamdagi halol va harom chegaralari • Onlayn muloqot va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odoblari Nuriddin Yildizning ushbu nodir asari sizni internetdagi har bir qadamingizni shariatga muvofiq qilishga chorlaydi.

Narxi: 89000

Buyurtma berish: