Islom Iqtisodi: Global Inqirozdan Chiqish

"Islom Iqtisodi: Global Inqirozdan Chiqish" nomli maxsulot haqida:

Islom Iqtisodi: Global Inqirozdan Chiqish maxsuloti rasmi

Dunyoda kuzatilayotgan iqtisodiy muammolarga islom iqtisodiyoti qoidalari orqali adolatli, barqaror va muvaffaqiyatli yechim topish mumkinmi? Doktor Ehson Shenojakning "Islom Iqtisodi: Global Inqirozdan Chiqish" nomli ushbu kitobi aynan shu savollarga javob beradi. Turkiyaning mashhur ilohiyotchi olimining uzoq yillik izlanishlari mahsuli bo'lgan mazkur asarda islom iqtisodiyoti tamoyillari sodda va aniq dalillar asosida sharhlab berilgan. Kitobda moliyaviy inqirozlardan chiqish yo'llari, adolatli iqtisodiy tizimni yaratish bo'yicha aniq tavsiyalar yoritilgan bo'lib, foizga asoslangan kapitalizmning kamchiliklari va islomiy moliyaning afzalliklari batafsil tahlil qilinadi. O'quvchilar islom iqtisodiyotining asosiy qoidalari – riboning haromligi, tijoratning halolligi va zakotning farzligi hamda mudaraba, musharaka, nasiyaga savdo (naqd olib nasiyaga sotish) va salam kabi islomiy moliya vositalari haqida chuqur bilim olishadi. Ushbu kitob har bir insonning kundalik hayotida duch keladigan iqtisodiy masalalar, to'lovlar, soliqlar va savdo hukmlarini shariat me'yorlariga muvofiq tushunishga yordam beradi, shu bilan birga mol-mulkda shubhali holatlarga duch kelmaslik uchun islomiy iqtisodiyot me'zonlarini o'rganishga chorlaydi. Kitob siyosiy fanlar doktori, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Muhammadolim Muhammasiddiqov va mustaqil tadqiqotchi Zokirjon Haydarov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan va nashrga tayyorlangan. "Iqro Nashr" nashriyotida 2022-yilda chop etilgan ushbu 192 sahifali, qattiq muqovali asar iqtisodiyotga qiziqadigan, halol tijorat qilmoqchi bo'lgan va islomiy iqtisodiyotni chuqur o'rganishni istagan har bir kishi uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi.

Narxi: 116000

Buyurtma berish: