Ixtiloflar kitobi, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

"Ixtiloflar kitobi, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" nomli maxsulot haqida:

Ixtiloflar kitobi, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf maxsuloti rasmi

Diyorimiz musulmonlari qariyb yetmish yil mustabid tuzumning diynga qarshi siyosati ostida yashadilar. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, hayotning barcha jabhalariga erkinlik neʼmati ato qilindi. Xalqimiz o‘zlikni anglash, asl qadriyatlarni tiklash yo‘liga qadam bosdi. Biroq, muqaddas diynimizni o‘rganish va uning taʼlimotlariga amal qilish oson ko‘chmadi. Ilmsizlik, dinsizlikning asoratlari yuzaga chiqib, musulmonlar o‘rtasida turli ixtiloflar vujudga kela boshladi. Bir yurtda yashab, bir mazhabga amal qilib kelgan musulmonlar orasida turli nizolar chiqa boshlagach, bu ixtiloflarning sabablari va ularning yechimlarini topishga kuchli ehtiyoj sezildi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining 2003 yilda chop etilgan «Ixtiloflar haqida» kitobi ana shu dolzarb muammoga bag‘ishlangan asar bo‘ldi. O‘tgan davr mazkur kitobning nechog‘li dolzarb va muhim ekanligini amalda ko‘rsatdi. Biroq, nizo, tortishuv va ixtiloflarga hanuz uzil-kesil barham berilgani yo‘q. Shu munosabat bilan mazkur kitob yangi maʼlumotlar bilan boyitildi, so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan yangi ixtiloflarga oid g‘oyatda muhim tahlillar, hujjat-dalillar bilan to‘ldirildi.

Narxi: 130000

Buyurtma berish: