KO'RLIK – Joze Saramagoning Insoniyat Ruhini Uyg'otuvchi Asari

"KO'RLIK – Joze Saramagoning Insoniyat Ruhini Uyg'otuvchi Asari" nomli maxsulot haqida:

KO'RLIK – Joze Saramagoning Insoniyat Ruhini Uyg'otuvchi Asari maxsuloti rasmi

🤩 Portugaliyalik adabiyot dahosi, 1998-yil Nobel mukofoti sovrindori Joze Saramagoning "Soʻnggi yuz yillikning eng yaxshi romanlari" roʻyxatiga kiritilgan “KOʻRLIK” romani sotuvda! Bu shunchaki bir hikoya emas, balki saviya, anglash qobiliyati hamda ruhiyatni bir vaqtning oʻzida sinovdan oʻtkazadigan, insoniy qadriyatlarning tub mohiyatini ochib beruvchi chuqur falsafiy asardir. Noma'lum shaharni qamrab olgan g'ayritabiiy, sutdek oppoq ko'rlik epidemiyasi jamiyatni tartibsizlik, zo'ravonlik va axloqiy inqirozga tortadi. Roman markazida ko'rmay qolganlar orasida yagona ko'zi ochiq qolgan ayol turadi. U bu dahshatli sharoitda o'z insoniyligini va o'zligini saqlab qolish uchun kurashadi, atrofdagilarga yordam berishga intiladi. Saramagoning oʻziga xos uslubi — qahramonlarsiz, uzun jumlalar va o'zgacha dialoglar bilan sizni butunlay asar olamiga tortib ketadi, har bir sahifada o'zingizni savol berishga majbur qilasiz: "Ko'zimiz ochiq bo'lsa-da, biz haqiqatan ham ko'rayapmizmi?" Bu asar jismoniy ko'rlikdan ko'ra ko'proq insoniyatning ma'naviy va axloqiy ko'rligi haqidagi ogohlantiruvchi faryoddir. Uni o'qigach, atrofingizdagi olamga boshqacha nigoh bilan boqishingizga shubha yo'q. • Muqovasi – yumshoq; • Sahifa – 396 bet; 🚗 O’zbekiston bo'ylab tezkor yetkazib beramiz! "KO'RLIK" kitobi – bu faqat o'qiladigan emas, balki his qilinadigan asar!

Narxi: 129000

Buyurtma berish: