Avtomobilingizga nafaqat ko‘rkamlik, balki o‘zgacha joziba va yorqin yorug‘lik baxsh etishni istaysizmi? Unda sizga zamonaviy va funksional LED lentasini taklif etamiz, u sizning mashinangizga yangi ruh bag‘ishlaydi va yo‘llarda e'tibor markazida bo‘lishingizni ta'minlaydi.
Qorong‘i yo‘llardagi xira yorug‘likdan charchaganlar endi rang-barang va jozibador nur taratuvchi ushbu LED lentasidan foydalanishlari mumkin. U bir necha xil rangda yonib, avtomobilingiz salonini yoki tashqi qismini o‘zingiz istagandek bezash imkonini beradi. Maxsulot yomg‘ir, qor va suvdan ishonchli himoyalangan bo‘lib, uni har qanday ob-havo sharoitida bemalol ishlatishingiz mumkin.
Ushbu LED lenta komplekti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• 1,8 metrlik yuqori sifatli LED lenta
• Qulay masofadan boshqaruv pulti
• Ranglarni tanlash va yorug‘lik effektlarini sozlash uchun maxsus ilova QR kodi (ilovaningizni Google Play yoki App Storedan yuklab olishingiz mumkin)
• Avtomobilga osongina ulash uchun mo‘ljallangan 12V maxsus kabellar mavjud.
Ushbu LED lenta bilan avtomobilingizni shaxsiylashtiring va har bir safaringizni unutilmas qiling!