XX asr diktaturasi va davrimiz diktaturalarini anglashga yordam beradigan Sergey Guriyev va Deniel Treysman hammuallifligidagi "Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda Tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi" hamda sovuq urush davridan keyingi jahon siyosati va xalqaro munosabatlarida yumshoq kuch usullari haqidagi Jozef Nayning "Yumshoq kuch: Jahon siyosatida muvaffaqiyatga erishish vositalari" kitoblari yaqin kunlarda o'zbek tilida tarjimasi chiqadi. Biz odamlardan befarq bo‘lmaslikni, atrofda bo‘layotgan xodisalarga faol munosabatda bo‘lishni so‘raymiz. Bu adolatli, demokratik, kuchli fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lida muhim. Biroq amalda faol bo‘lib, bir og‘iz savol bergan yoki e’tiroz bildirganlarni ham "yopish" to‘xtamayotganini ko‘rayapmiz. Bu hammani cho‘chitadi. Vatslav Gabelning " Kuchsizlar kuchi" asaridan bir jumla : ..."Demokratik jamiyatlarda siyosiy hayotni harakatlantiradigan diskussiyalarni bizning mamlakatimizda joriy qilishga boʼlgan urinish men uchun mutlaqo aqlsizlikday koʼrinadi. Masalan, jiddiy yuz bilan, tizimni oʼzgartirmoqchimizmi yoki shunchaki isloh qilmoqchimizmi degan savolni oʼrtaga tashlab munozara qilish imkoniyatiga egamizmi? Bizning sharoitimiz uchun bu odatiy soxta muammo: hali tizimni oʼzgartirishga ham isloh qilishga ham imkonimiz yoʼq; hatto oʼzgarishlarni qayerdan boshlash ham noaniq; biz oʼz tajribamizdan bilamizki, na “islohot” va na “oʼzgartirish” oʼz-oʼzidan hech narsani kafolatlay olmaydi; va oxir-oqibat, u yoki bu taʼlimot nuqtai nazaridan, biz yashayotgan tizim “oʼzgartirilgan” yoki “isloh qilingan” boʼladimi-yoʼqmi bizga ahamiyatli emas... "
Narxi: 166000