Buyuk mutafakkir va shoirlar sultoni Mavlono Jaloliddin Rumiyning shoh asari bo'lmish “Ma'naviy Masnaviy” jahon adabiyoti xazinasining eng durdona namunalaridan biridir. Endilikda ushbu bebaho asarning chuqur ma'no va hikmatlarini yanada oson va teranroq anglash imkoniyati paydo bo'ldi. "Masnaviy: 40 Rivoyatga 40 Sharh" kitobi aynan shu maqsadda yaratilgan bo'lib, "Masnaviy"dagi qirqta eng sara rivoyatga batafsil sharhlar beradi. Ushbu kitob Rumiy ijodiga bo'lgan qiziqishingizni kuchaytirib, tafakkuringizni kengaytiradi va buyuk mutasavvif shoir hikmatlarini kundalik hayotga tadbiq etishga yordam beradi. Mazkur sharh kitobini tayyorlashda professor Mehmet Demirchining "Mesnevi hikayelerinden dersler" asari asosiy manba bo'lib xizmat qilgan. Shuningdek, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ahmad Yassaviy, Boborahim Mashrab, Sufi Olloyor kabi mumtoz shoirlarimizning asarlaridan, boy ma'naviy merosimiz va o'zbek xalq maqollaridan ham unumli foydalanilgan. Kitobga “Naynoma” qismi va “Masnaviy”dan terib olingan eng sara hikmatlar ham ilova qilingan bo'lib, bu uni yanada qimmatli qiladi. Bu asar har bir kitobxon uchun ma'naviy ozuqa, ruhoniy yuksalish va hayotiy yo'l-yo'riq bo'lib xizmat qiladi.
Narxi: 109000