MENING KOINOT KITOBIM

"MENING KOINOT KITOBIM" nomli maxsulot haqida:

MENING KOINOT KITOBIM maxsuloti rasmi

Koinotga qiziqmaydigan odam bo‘lmasa kerak, a? Yulduzlar, sayyoralar, galaktikalar va cheksiz fazoning sirlari sizni ham o‘ziga chorlayaptimi? Unda bu kitob aynan siz uchun! Dunyo yaralganidan beri insoniyat har kuni kechasi koinotni kuzatib, uni o‘rganib, atrofimizdagi borliq haqida fikr yuritadi. Koinot nihoyatda ulkan, uning qanchalik kengligini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson asrlar davomida, ayniqsa oxirgi asrda koinot haqida ko‘p narsalarni bilib oldi. "Mening Koinot Kitobim" sizni ushbu sirli olamga hayajonli sayohatga chorlaydi. Ushbu kitobda insoniyat bilib olgan ana shu ma’lumotlarni o‘rganamiz, koinotdagi qonuniyatlar bilan tanishamiz. Siz Quyosh tizimimizdagi sayyoralar – Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va hatto sirli Pluton haqida qiziqarli faktlarga ega bo'lasiz. Shuningdek, galaktikalar, qora tuynuklar, kometalar va meteoritlar, yulduzlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi kabi mavzular bilan tanishasiz. Kitob sizga ilk astronomik kuzatishlar, ajdodlarimizning samo haqidagi qarashlari hamda astronomiya ilmining taraqqiyoti haqida keng ma'lumot beradi. Bu shunchaki kitob emas, bu koinotning cheksiz olamiga ochilgan bir darcha bo'lib, har bir sahifasi sizni yangi bilimlarga chorlaydi. Koinotning sehrli olamini kashf eting va uning bepoyon sirlaridan bahramand bo'ling!

Narxi: 137000

Buyurtma berish: