Muhammad sollallohu alayhi vasallam Kitob!

"Muhammad sollallohu alayhi vasallam Kitob!" nomli maxsulot haqida:

Muhammad sollallohu alayhi vasallam Kitob! maxsuloti rasmi

Allohning elchisi Muhammad sollallohu alayhi vasallam! Qo‘lingizdagi ushbu kitob Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini dunyoga zamonaviy uslubda tanishtiradi. Qo‘llanma o‘z o‘quvchilariga Islom axloqiy asoslarini va u zot sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini suratlar bilan boyitilgan va birlamchi maʼlumotlar bilan cheklangan holda namoyon qilib beradi. Kitob 12 bobdan iborat. Har bir bob alohida mavzuga bag‘ishlangan. Mavzular suratli taqdimot uslubida yoritib berilgan. 🎇 Kitob muallifi doktor Hussam Toglou (Hussam Toglaw) marketing va tadbirkorlik maʼruzachisi bo‘lib, u Sidney texnologiya universitetida biznesni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik unvoniga ega. Shu bilan birga, u erkin Islom tadqiqotchisi ham hisoblanadi. Xussam Toglou ilmiy faoliyatidan tashqari so‘nggi 20 yil ichida dinlararo muloqotlar bilan shug‘ullanib keldi. Uning tarixiy ziyoratgoh joylarida orttirgan tajribasi qo‘lingizdagi kitobning yozilishiga sabab bo‘lgan. Bu kitob qaysidir maʼnoda tarixiy masjidlar va noyob islom meʼmorchiligiga ega davlatlarga tashrif buyuruvchilar uchun sayyohlik qo‘llanmasi vazifasini ham o‘taydi. Ushbu kitob dunyodagi arab, ingliz, nemis, rus, ispan, italyan, xitoy, yapon, turk tili kabi 29 ta tilga tarjima qilingan. Kitobning asli ingliz tilida yozilganligi sababli o‘zbek tiliga tarjima uchun kitobning aynan ingliz tilidagi nusxasi asos qilib olindi. Tarjimon: Hasanov Mirnosir Mirqobil o‘g‘li Muqova va kitob dizayneri: Teylor va Toglou (Taylor va Toglaw) Til: O'zbekcha Yozuv: Kirillcha Betlar soni: 272 Nashriyot: Standard poligraph books Muqovasi: Yumshoq Qog‘oz formati: A5

Narxi: 129000

Buyurtma berish: