Inson nafsini tarbiyalab, shahvatlarni tiyish orqali haqiqiy ma'naviy yuksalishga erishishi mumkin. Abu Homid G'azzoliyning "Nafs muolajasi" asari aynan shu yo'lda sizga beqiyos yo'lchi yulduz bo'ladi. Ushbu noyob kitobda o'tkinchi dunyo ziynatlarining oddiyligi va haqiqiy hayot go'zalliklariga mahliyo bo'lishning hikmatlari chuqur falsafiy mushohadalar bilan ochib berilgan. Ulug' alloma, "Hujjat ul-islom" unvoniga sazovor bo'lgan Abu Homid G'azzoliy (1058-1111) islom ilohiyoti, falsafasi va tasavvufi rivojiga ulkan hissa qo'shgan mutafakkirdir. Uning ushbu asari "Ihyou ulumid-din" (Diniy ilmlarni tiriltirish) monumental asarining "Riyozatun-nafs" (Nafs tarbiyasi) qismidan tarjima qilingan bo'lib, insonning ichki dunyosidagi ziddiyatlar, ma'rifiy takomil jarayonlari va axloqiy poklanish yo'llarini jonli tarzda aks ettiradi. Kitobda insonni dunyodan ancha baland ko'taruvchi, qalbni poklovchi va taqvo libosini kiydiruvchi amaliy usullar batafsil yoritilgan. "Olamni aqlu zakovati bilan ishg'ol etgan shaxslarning ilk raqibi o'z nafsidir! Kishini nafsini mag'lub eta olsa, har qanday yov uning qarshisida tiz cho'kishi hech gap emas!" degan hikmatli so'zlar kitobning asosiy g'oyasini aks ettiradi. "Nafs muolajasi" – nafaqat diniy-ma'rifiy adabiyot, balki o'zligini anglash, ruhiy kamolotga erishish va hayot mazmunini topish istagida bo'lgan har bir o'quvchi uchun bebaho manbadir.
Narxi: 89000