Novey 8800 – bu klassika ishqibozlari uchun yaratilgan, afsonaviy Nokia 8800 telefonini eslatuvchi, zamonaviy va takomillashtirilgan ko‘rinishidir. Agar sizga shunchaki ajoyib va sifatli mobil telefon kerak bo‘lsa, ushbu tugmachali telefon sizning ko‘nglingizdan joy oladi, chunki u nafaqat tashqi ko'rinishi, balki ishonchliligi bilan ham ajralib turadi. Ushbu Novey telefon mustahkam metal korpusga ega bo‘lib, nafislik va chidamlilikni o‘zida mujassam etgan. U ikki dona GSM SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa bir vaqtning o‘zida shaxsiy va ish raqamlaridan foydalanish imkoniyatini berib, sizning aloqa ehtiyojlaringizni to‘liq qondiradi. Novey 8800 super kuchli va sifatli ovozga ega bo‘lib, har bir suhbatni yanada aniq va yoqimli qiladi. Telefonning signal qabul qilish sifati, to‘lqin tutish qobiliyati va umumiy ishlash tezligi juda ajoyib bo‘lib, uzluksiz va barqaror aloqani ta’minlaydi. IPS displey aniq va o‘qilishi oson tasvirlarni taqdim etadi, bu esa matnlar va menyular bilan ishlashni juda qulay qiladi. Yuqori sifatli yig‘im va komponentlar tufayli Novey 8800 sizga uzoq yillar xizmat qiladi. Telefon qora (Black) va kumush (Silver) ranglarda mavjud bo‘lib, har qanday did va uslubga mos keladigan nafis tanlovni taklif etadi. Novey brendi sifatli va hamyonbop mahsulotlar hamda O‘zbekiston bo‘ylab keng servis xizmatlari bilan mashhur bo‘lib, sizni qoyil qoldirishiga ishonamiz!
Narxi: 599000