Omina Shenliko‘g‘li: Imomning maneken qizi! Omina Shenliko‘g‘li 1953 yilda Turkiyaning Giresun viloyati, Darali Anbaralan qishlog‘ida tug‘ilgan. Kichik yoshidanoq Adabozoriga, u yerdan esa oilasi bilan birgalikda Istanbulga kelib joylashadi. Yoshlik chog‘idan turli yo‘nalishlardagi tahsil bilan bir qatorda xristianlik dini va “Injil” kitobi bo‘yicha ilmiy izlanishlar bilan shug‘allanadi. Keyingi yillarda ko‘proq Islomiy bilimlar olib, fiqh va aqoidda mustahkam bilimga ega bo‘ldi. Diniy olim va jurnalist Rajab O‘zkan bilan turmush qurib, ikki farzandning onasi bo‘ladi. Omina Shenliko‘g‘li 1985 yildan beri “Maktub” nomli jurnalning nashr ishlari boshqaruvchisi bo‘lib ishlab kelmoqda. Vaqti-vaqti bilan Turkiyaning turli viloyatlari va chet mamlakatlarda konferensiyalar o‘tkazib keladi. Ko‘plab hikoya, qissa va romanlar muallifidir.
Narxi: 129000