Ba'zi kitoblar shunchaki o‘qilmaydi — ular insonning ich-ichiga kirib boradi va ruhiyatini larzaga soladi. Osamu Dazaining “INSONLIKDAN MOSUVO” asari aynan shunday kitoblardan biridir. Bu roman Yaponiyaning XX asr adabiyotining zamonaviy klassikasi hisoblanib, insonning ichki dunyosiga chuqur nazar tashlaydi. Asarning bosh qahramoni Oba Yozo ismli yigit bo'lib, u o'zini butun umr mag'lub va omadsiz his qiladi. Yozo tashqi tomondan oddiy hayot kechirgandek ko‘rinsa-da, aslida odamlarni tushunishdan, ularga moslashishdan butunlay ojiz edi. U doimiy yolg‘izlik, ichki iztirob va jamiyatga moslasha olmaslik haqida og‘riqli haqiqatni ochib beradi. Kitob psixologik chuqur ma’no kasb etib, hayotning qorong‘u tomonlarini, insoniylikni yo‘qotish va jamiyatdan begonalashish jarayonini nihoyatda samimiy va og‘riqli tarzda tasvirlaydi. Muallif Osamu Dazaining shaxsiy hayoti, depressiya va o'z joniga qasd qilish urinishlari asarning avtobiografik ruhiga chuqur singib ketgan, bu esa uni yanada ta'sirchan qiladi. Agar siz chuqur fikrlashni, ruhiy asarlarni va haqiqiy adabiyotni yoqtirsangiz, o'zingizni anglashga undaydigan satrlarni qidirsangiz — bu kitob siz uchun. U sizni o'yga toldiradi va hayotga bo'lgan qarashlaringizni o'zgartirishi mumkin.
Narxi: 109000