Oʻtgan kunlar – oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman. Roman XIX asr voqealarini oʻz ichiga olgan. Murakkab tarixiy hodisalar romanning bosh qahramonlari Otabek va Kumushbibining fojiaviy sevgi qissasi atrofida ifodalangan. Voqealar rivoji mahalliy hukmdorlarning hokimiyat uchun qonli kurashlari muhitida kechadi. Boshqa yirik epik asarlardagi kabi „Oʻtkan kunlar“da ham hikoyanavislikning koʻp planliligi, ikkilamchi sujetlar mavjudligi, ketma-ket avj oluvchi va fojiali yakun topuvchi voqealar bilan mavjud. Ilgʻor fikrlarni olgʻa suruvchi Otabek obrazi romanning gʻoyaviy va kompozitsion markazi hisoblanadi. U savdodagi eskirgan iqtisodiy munosabatlarga qarshi chiqib, oila va turmush muammolariga yangi qarashga amal qiladi. Adabiyotshunoslar Abdulla Qodiriy oʻz qahramoni nomidan oʻzining shaxsiy oʻy-fikrlarini soʻzlagan, deb bilishadi. Muqovasi: yumshoq Sahifa: 398 bet
Narxi: 99000