Hayotingizda yangi sahifa ochishga tayyormisiz? "Oʻzingga xush kelding" – Mirach Chagʻri Oqtoshning ruhingizga iliqlik baxsh etuvchi, oʻzlikni anglashga chorlovchi ushbu esse-kitobi aynan siz uchun yaratilgan. Zero, manzilni taqdir belgilasa-da, toʻgʻri yoʻlni topish va undan ogʻishmay yurish insonning asosiy vazifasidir. Yoʻl-yoʻlakay hayot mazmuni haqida chuqur mushohada yuritish esa har qanday maqsadga yetishishdan-da muhim. Ushbu asar hayot haqida oʻylashni oʻzlikni anglashdan, tuygʻularni taftish qilishdan boshlash kerakligini uqtiradi. Kitob siz bilan dardlashadi, sirlashadi va eng qiyin damlarda ham oʻzingizga suyanishga, ichki kuchingizni topishga undaydi. Yodingizda tuting: sizga oʻzingizdan boshqa hech kim kerak emas. Qiyinchiliklar oldida yolgʻiz qolganingizda, yiqilganingizda yana oʻzingizga suyanganingiz, yaralanganingizda oʻz yarangizni oʻzingiz davolaganingiz qanchalik muhimligini his qilasiz. Odamlar keladi va ketadi, ammo doimo yonimizda qoladigani – bu oʻzimiz. Kitob sizni oʻzingizga gʻamxoʻrlik qilishga, oʻzingizni ehtiyot qilishga chorlaydi. Bu kitob orqali siz oʻzingizni yana-da yaxshiroq taniy boshlaysiz, oʻzingizga boʻlgan muhabbatingiz va hurmatingiz naqadar qiymatli ekanligini anglaysiz. Hayotingizga ma'no baxsh etuvchi, shaxsiy o'sishingiz va ruhingizni mustahkamlashingizga yordam beruvchi bu kitob sizni doim oldinga intilishga ilhomlantiradi. Horgʻin dunyo tashvishlaridan toliqqan, bir zum tin olishni va oʻziga kelishni istagan har bir inson uchun ushbu kitob chinakam yoʻl koʻrsatuvchi boʻladi. Oʻzingizga xush kelibsiz!
Narxi: 99000