Psihologik Urush – G'alaba Ongda Boshlanadi

"Psihologik Urush – G'alaba Ongda Boshlanadi" nomli maxsulot haqida:

Psihologik Urush – G'alaba Ongda Boshlanadi maxsuloti rasmi

Professor Nevzat Tarhanning "Psixologik Urush" asari zamonaviy dunyoda kurashlar nafaqat qurol bilan, balki ong, fikr, axborot va ruh orqali olib borilishini chuqur tahlil qiladi. Ushbu kitob insonlarning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatish orqali natijaga erishish – klassik ma’nodagi urushni yutish, undan keyin ham ustunlikni saqlab qolish yoki muammolarni hal etish yo‘llarini ochib beradi. Har bir sahifa aql va ruh ustidan boshqaruv usullari, axborot manipulyatsiyasi va ijtimoiy ongga ta'sir ko'rsatish mexanizmlari haqidagi chuqur tahlillar bilan boyitilgan. Kitobda Sun Szi ta'limotlaridan tortib to bugungi kungacha bo'lgan psixologik urushning tarixi va amaliy strategiyalari, real hayotiy misollar va geosiyosiy tahlillar mavjud. Siz mediada ongni boshqarish texnikalari, yolg‘on axborotning ruhiyatga ta’siri, axloqiy qadriyatlarga qarshi psixologik hujumlar va ommaviy manipulyatsiya strategiyalari kabi muhim mavzular haqida bilib olasiz. Shuningdek, axborot urushi, elektromagnit urush, ong nazorati, internet hujumlari va o'z joniga qasd qilishga moyillikning ortishi kabi zamonaviy muammolarga ham e'tibor qaratilgan. Bu asar shaxs va jamiyatni himoya qilish yo'llarini o'rganishga intiluvchi har bir ongli inson, jumladan, jurnalistlar, psixologlar, o'qituvchilar, tadbirkorlar va ota-onalar uchun bebaho manba hisoblanadi. Kitobdagi ma'lumotlar orqali dushmaningizni, eng muhimi, o'zingizni tanib, hayotiy kurashlarda yengilmas bo'lish sirini kashf eting. Chunki, "G'alaba ongda boshlanadi".

Narxi: 139000

Buyurtma berish: