“Qimorboz” Fyodor Dostoyevskiy!

"“Qimorboz” Fyodor Dostoyevskiy!" nomli maxsulot haqida:

“Qimorboz” Fyodor Dostoyevskiy! maxsuloti rasmi

Fëdor Dostoevskiy - tom ma'noda ham rus adabiyotining, ham dunyo adabiyotining zabardast vakili. Uning asarlari o‘zbek kitobxonalari uchun allaqachon sevimliga aylanishga ulgurgan. Qaysiki o‘quvchi bo‘lsin, kitob do‘konida Dostoevskiyning hali mutolaa qilib ulgurmangan asarini ko‘rar ekan, uni olmasdan o‘tmaydi. Nega? Sababi oddiy, chunki Dostoevskiy asarlariga doimo mohir tarjimonlar murojaat qilishgan. "Telba", "Jinoyat va jazo", "Iblislar", har uchalasi Ibrohim G‘afurov tomonidan tarjima qilingan. Tarjima qilinganda ham shunchaki o‘tirilgan emas, balki aynan Dostoevskiy tilida, aynan Dostoevskiy bo‘lib, o‘zbek tilida qayta yozilgan. So‘zsiz, Ibrohim G‘afurov tarjimalari haqida hech ikkilanmasdan: "Ibrohim G‘afurov ushbu asarlar tarjimasi jarayonida Dostoevskiy bo‘lib, asarni o‘zbek tilida qayta yozgan", deyişimiz mumkin. Navbatdagi nashrga tayyorlangan mazkur kitobimizdan ikkita roman o‘rin olgan: birinchisini aynan Ibrohim G‘afurov o‘zbek tiliga o‘girgan bo‘lsa, ikkinchisi mahoratli mutarjim Olim Otaxonovga tegishli. Har ikkala roman o‘quvchini doimgidek, o‘ylatadi. So‘zlar, iboralar, tasvirlar, sifatlar, holatlar har qanday o‘quvchini hayratga soladi. Kitobxon asarga, yozuvchiga, tarjimonga muhabbat bilan keyingi mutolaani kutadi...

Narxi: 123000

Buyurtma berish: