Qur'oni Azim muxtasar tafsiri 4ta kitob

"Qur'oni Azim muxtasar tafsiri 4ta kitob" nomli maxsulot haqida:

Qur'oni Azim muxtasar tafsiri 4ta kitob maxsuloti rasmi

Shayx Alouddin Mansur hazratlarining qalamlariga mansub "Qur'oni Azim muxtasar tafsiri" toʻplami sizni Qurʼoni Karimning chuqur maʼnolari olamiga chorlaydi. Taniqli oʻzbek ulamolaridan boʻlgan Shayx Alouddin Mansur (1952-2020) tomonidan tayyorlangan ushbu muxtasar tafsir, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tanlovda eng yaxshi deb topilgan. Ushbu kitob, bandani Alloh taologa yaqin qiladigan nafl ibodatlarining eng ulugʻi – Qurʼonni tafakkur va tadabbur qilib, maʼnolarini anglab, koʻp qiroat qilish va tinglashning beqiyos ahamiyatini taʼkidlaydi. Siz ushbu Ilohiy moʻjizani chuqur diqqat bilan oʻqisangiz, Kalomullohning har bir soʻzi goʻyo bundan oʻn toʻrt asr ilgari emas, balki hozir oʻzimizga tushirilgandek – hayotimizni haqiqiy inson boʻlib yashab oʻtishimiz uchun oʻta zarur ekanini payqaysiz. Bu kitobning dastlabki nashri bir jildli katta kitob ko'rinishida bo'lgan, ammo mutolaa qilish uchun qulaylik yaratish maqsadida to'rt qismga ajratilgan holda chop etilgan. Ushbu toʻplam 4 ta kitobdan iborat boʻlib, har bir oyatning arabcha koʻrinishi, uning maʼno tarjimasi beriladi. Shuningdek, tushunilishi oʻta murakkab boʻlgan oyatlar ostida alohida izohlar kiritilgan. Qur'oni Karimning bu tafsiri orqali siz dinimizni yana-da yaqindan o'rganasiz va Allohning kalomi bilan yanada mustahkam bog'lanasiz.

Narxi: 322000

Buyurtma berish: