Qur'oni Karim Shafoati!

"Qur'oni Karim Shafoati!" nomli maxsulot haqida:

Qur'oni Karim Shafoati! maxsuloti rasmi

Muhtaram kitobxonlar! Siz azizlarga Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum oʻgʻli qalamiga mansub, qalblarga nur bagʻishlovchi "Qur'oni Karim Shafoati!" nomli ushbu nodir asarni taqdim etamiz. Ushbu qattiq muqovali kitob 2022-yilda "Muharrir" nashriyoti tomonidan chop etilgan boʻlib, 200 betdan iborat. Uning oʻlchami 84×60 1/16 boʻlib, qoʻlingizga olishga nihoyatda qulaydir. Bu risola Qur'oni Karimning fazilatlari, moʻminlar uchun shafoati, shuningdek, Quron qorilarining vazifalari va odoblariga bagʻishlangan chuqur maʼnoli qoʻllanmadir. Kitobda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Qur'on o'qinglar! Zero, u Qiyomat kuni o'z sohibini shafoat qiluvchi bo'lib keladi" degan muborak hadisi shariflari asosida, Qur'oni Karim ta'limiga aloqador mavzular, dunyo va oxiratdagi shafoati hayotiy misollar orqali yoritib berilgan. Asar Qur'on yodlamoqchi boʻlganlar va Qur'oni Karimni toʻliq yod olgan qorilar uchun manfaatli boʻlgan tavsiyalar va qoidalarni oʻz ichiga oladi. Unda hadislar Qur'oni Karim fazilati, ta'limi, qiroati va odobiga oid qoidalar hamda tajribalar asosida sharhlangan. Mazkur asar orqali asosiy g'oya – Qur'oni Karimni tushunib, unga amal qilish kerakligini anglaysiz. “Qur’oni Karim Shafoati” kitobining ilk nashri xalqimiz tomonidan juda iliq kutib olinib, tez fursatlarda sotilgani uning qanchalik ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, ushbu kitob Qoraqalpoq tiliga tarjima qilinib, bepul tarqatilgani ham uning keng qamrovli ta’sirini ko‘rsatadi. Hozirda kitobxonlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, uning video va audio shakllari ham tayyorlanmoqda. Ushbu kitobni mutolaa qilib, undan foyda olgan har bir mo'mindan Robbimiz o'zi rozi bo'lsin.

Narxi: 99000

Buyurtma berish: