Ketmonshop

Salohiddin Ayyubiy” kitobi

119000 UZS
⚔ Salohiddin Ayyubiy – tarix sahifalarida buyuk sarkarda sifatida oʻrin olgan, qolaversa, yuksak axloq va adolat sohibi sifatida ham tan olingan buyuk shaxs. Yavuz Bahodir o‘g‘lining mazkur asari shunchaki quruq tarixiy ma’lumotlardan iborat kitob emas. Unda Salohiddin Ayyubiyning shaxsiyati chuqur ochib berilgan bo‘lib, nafaqat uning harbiy yurishlari, balki ma’naviy olami, hatto dushmanlari to‘g‘risidagi fikrlari ham kitobxonni befarq qoldirmaydi. Ushbu kitobda Ayyubiylar sulolasining asoschisi, Muqaddas zamin xaloskori sifatida tan olingan Salohiddin Ayyubiyning jo'shqin hayoti va sarkardalik ishlari yoritib beriladi. Muallif uning Islomga bo'lgan muhabbati, adolati, jasorati, zakovati va qat'iyatini avlodlar uchun o'rnak qilib ko'rsatadi. Kitob Vatan ozodligi, el-yurt farog‘ati uchun kurashda ma’naviy-ruhiy birdamlikning nechog‘lik muhim ahamiyatga ega ekanini, azmu qarorli, e’tiqodli va yagona g‘oyaga ishongan kishilarning nimalarga qodirligini ta’sirchan tarzda ko‘rsatib beradi. • Muqovasi - yumshoq; • Sahifa - 256 bet.
Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib beriladi
To'lov qo'lga olganda

Buyurtma berish