Islom olamining buyuk sarkardasi va adolatli hukmdori Salohiddin Ayyubiyning shonli hayoti va faoliyatini yorituvchi "Salohiddin Ayyubiy: Sahro Burguti" nomli ushbu tarixiy-biografik roman bilan tanishing. Bu kitob sizni XII asrning qahramonlik davriga olib boradi, u yerda Salohiddin Ayyubiy Misr va Suriya hududlarida qudratli davlat barpo etib, Salib yurishlariga qarshi mardonavor kurashgan va musulmonlar uchun muqaddas bo'lgan Quddus shahrini ozod etgan. Ushbu asarda Salohiddin Ayyubiyning o'ziga xos xarakteri, yoshlik yillari, ulug' sarkarda sifatida shakllanish bosqichlari, jasorati, strategik mahorati, liderlik qobiliyati va tarixdagi o'rni chuqur tahlil qilinadi. Muallif Jek Xaytning ravon va sodda uslubda yozilgan, dramatik sahnalarga boy hikoyasi o'quvchini befarq qoldirmasligiga aminmiz. "Dinning saodoatli iqboli" degan ma'noni anglatuvchi Salohiddin laqabiga sazovor bo'lgan bu ulug' shaxs, Qur'oni Karimni yod olgan hofiz, diniy va dunyoviy ilmlarga, falsafa va riyoziyotga qiziqqan ziyoli inson bo'lgan. Uning islomga muhabbati, adolati, jasorati, zakovati va qat'iyatidan har bir mo'min, vatanparvar va adolatsevar kishi o'rnak olishi shartdir. "Salohiddin Ayyubiy: Sahro Burguti" shunchaki kitob emas, balki Islom g'alabasiga ishonch bag'ishlovchi, ummatga mardlik va jasoratni eslatuvchi, buyuk yetakchilik namunasidir. Uning merosini anglang va boshqa zamonlarda ham buyuk liderlar bo'lganini ko'rsatuvchi ushbu noyob asardan bahramand bo'ling.
Narxi: 139000