Ahmad Lutfiy hozirgi zamon adibi, tarixchi olim. Biz eʼtiboringizga havola etayotgai «Saodat asri qissalari» kitobi Saodat asridan hikoya qiluvchi asardir. Kitob to‘la holida Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalomning tug‘ilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlarini kamrab oladi. Xuddi shu mavzuga bag‘ishlangan boshqa asarlardan farqi muallif aniq tarixiy voqea-hodisalarni o‘ziga xos badiiy yo‘sinda aks ettirganidir. Natijada u g‘oyat o‘qishli chiqqan. Bu kitoblarning mashhur bo‘lib ketganini shundan ham bilsa bo‘ladiki, asar to‘rt marta nashr kilingandir. Inshaalloh, sizlarga ham yoqadi, degan umiddamiz.
Saodat asri qissalari. 1-4 kitoblar!
Janr/bo‘lim: Tarix, Ma`naviyat va ma`rifat,
Tuzuvchi : Abbos Ahmad
Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi
Tarjimon: Firdavs Mirzo
Nashr yili: 2021
Tili: O'zbek (kir)
Betlar: 1936
Nashriyot: Munir