Savdogarlar Ustozi 2 Qo‘lingizdagi ushbu moʻjaz kitob "Haqiqiy omad kaliti yoxud Savdogarlar ustozi" nomi bilan insonlarning qalbidan joy olgan va "Davomi bormi?", degan yuzlarcha so‘rovlarning javobi o‘laroq “Haqiqiy omad kaliti yoxud Savdogarlar ustozi 2" bo‘lib sizlarga taqdim etilmoqda. Ikkinchi qismida musulmonlarning boy bo‘lishidagi hikmatlar, boylikning nafi, undan ko‘zlangan maqsadlar, qo‘ldagi mulkka emas, Alloh Taoloning dargohidagi xazinalarga ko‘proq ishonishning buyuk yutuqligi, jo‘mardlikning benazir namunalari, jasurlikning "qo‘rqoqlik umrini uzaytirmaydi, botirlik umrni qisqartirmaydi" qabilidagi go‘zal anglamlari, ustozga, ota-onaga xizmatning haqiqiy yuksalish ekani, til o‘rganishning inja sirlari, bola tarbiyasining nozik jihatlari, sherikchilikning nodir namunalari, tijoratchi bo‘lishning g‘ayratni jo‘shtirar tomonlari, safar, sayohat qilishning ming bir foydalari, sog‘lom hayotning haligacha o‘zgarmagan oltin qoidalari,sarmoyador bo‘lishning nozik tomonlari va boshqa ajib bir ilmlarning kissalarda jo bo‘lgan dilga yaqin jamlanmalarini ko‘rasiz. Abdulloh ibn Muborak hazratlari Madrasada mudarris, ustoz, go‘zal notiq, shaharlarda tojir, janglarda buyuk bir qahramon edi. Qalam va qilich sohibi edi. Qalami bilan o‘zidan keyin keladiganlarning hayotini yengillashtiradigan asarlar yozdi, qilichi bilan tillarda doston bo‘lgulik mardlik va jasoratning beqiyos namunalarini ko‘rsatdi.
Narxi: 99000