Muhtaram savdogarlar va tadbirkorlar! Tijorat faoliyatingizda nafaqat moddiy, balki ma'naviy yuksaklikka erishishni istaysizmi? Unda "Savdogarlar Ustozi yoxud Haqiqiy Omad Kaliti" kitobi aynan siz uchun yozilgan! Ushbu noyob risola Imomi Aʼzamning zukkoshogirdi, buyuk faqih, muhaddis va sahovatpesha savdogar Abdulloh ibn Muborakning hayot yoʻli, tijoratdagi halolligi, taqvosi va bebaho oʻgitlarini yoritib beradi. Kitobda halol kasb orttirishning asosi hisoblangan quyidagi tamoyillarga jiddiy e'tibor qaratilgan: • Savdoda rostgo'ylik va halollikni saqlash. • Sotilgan molni qaytarib berish yoki olish shartlarini bilish. • Birovning molini zo'ravonlik bilan tortib olishdan saqlanish. • Molga harom aralashgan bo'lsa, uning chorasini ko'rish. • Savdoda yolg'on qasam ichmaslik. • Nima sotish joizu, nima harom ekanini bilish. • Ribodan (sudxo'rlikdan) qochish. • Tarozidan urib qolishdan ehtiyot bo'lish. • "Najsh" (tovar narxini sun'iy ko'tarish) qilmaslik. Abdulloh ibn Muborak nafaqat ulkan olim, balki o'z davrining boy-badavlat savdogari bo'lib, topgan mol-mulkini Alloh yo'lida, ilm ahliga va xayrli ishlarga sarflagan. Bu asar bugungi kun tadbirkorlari uchun haqiqiy yo'l-yo'riq va dastur sifatida xizmat qilib, ishingizda baraka va omad kalitini topishga yordam beradi. Halol tijorat tamoyillari asosida o'z biznesini qurishni istagan har bir kishi uchun bu kitob bebaho manba bo'lib xizmat qiladi.
Narxi: 99000