Sevgi va oxirat

"Sevgi va oxirat" nomli maxsulot haqida:

Sevgi va oxirat maxsuloti rasmi

Imom G'azzolining ikki kitoblari: Alloh uchun sevmoq va Oxirat olamining sirlari! Imom G‘azzoliy: Alloh uchun sevmoq Alloh uchun sevmoq va Alloh dini yo'lida do'stlashmoq ibodatlarning eng fazilatlisidir. Do'stlashishning bir necha shartlari bor. Mo'min kishi ana shu shartlariga rioya qilsa, u Alloh yo'lida do'stlashganlardan hisoblanadi. Do'stlik inson qalbini shubha va vasvasalardan qutqaradi va uni Allohga yaqinlashtiradi. Har kim bilan ham do'st tutinib bo'lmaydi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: "Kishi do'stining dinidadir. Shuning uchun do'st tanlayotganda xushyor bo'ling" Imom G‘azzoliy: Oxirat olamining sirlari Ba’zi insonlar namoz o‘qiyotganda vafot etadi, ba’zilar esa uxlayotganda. Yana ba’zi birovlar o‘yin-kulgi hollarida…. Bu ishga inson hayotida bir marotaba duch keladi. Ba’zi insonlarga o‘limidan oldin vafot etgan qarindoshlari, yor-u birodarlari ko‘rsatiladi. O‘shanda undan shunday bir ovoz chiqadiki, uni insonlardan boshqa hamma mavjudot eshitadi. Agar uni biror inson eshitganda edi, aql-hushidan o‘sha zahoti ayrilgan bo‘lar edi. Chunki ruh qalbdan ayrilganda his-tuyg‘ular ham buzilib ketadi. Eng birinchi yo‘qotiladigan narsa bu ko‘rish qobiliyatidir. Eng oxirgisi esa eshitish xususiyatidir.

Narxi: 117000

Buyurtma berish: