“So'nggi nafas havoga qorishmasdan” – bu nafaqat bir shifokorning hayoti haqidagi hikoya, balki insoniyatning eng chuqur savollariga javob izlashga chorlovchi falsafiy asardir. Nevrojarroh Pol Kalaniti hayotining eng gullagan pallasida o'ziga qo'yilgan dahshatli tashxis – o'pka saratoni bilan yuzma-yuz keladi. Bir kun avval bemorlarga umid bag'ishlagan shifokor, ertasi kuni o'zi bemorga aylanadi. Bu keskin o'zgarish uning hayotga, o'limga va yashashning asl ma'nosiga bo'lgan qarashlarini butunlay o'zgartiradi. Ushbu kitobda Pol Kalaniti o'zining shifokor, yozuvchi va bemor sifatidagi tajribalarini nihoyatda samimiy va ta'sirchan tarzda tahlil qiladi. U hayot bilan o'lim orasidagi nozik chiziqni, kasallikning inson ruhiyatiga ta'sirini va o'limga yaqinlashganda ham qanday qilib yashash mumkinligini chuqur mushohada qiladi. Har bir sahifa – yurakdan chiqqan so'nggi nafasday ta'sirli bo'lib, o'quvchini sukutga toldiradi va o'z hayoti haqida jiddiy o'ylashga undaydi. • Pulitser mukofoti finalchisi • Nyu-York Taymsning xalqaro bestselleri • Dunyo bo'ylab 40 dan ortiq tillarga tarjima qilingan Endi ushbu dunyo bestselleri "Huzur nashriyoti" tomonidan Damin Jumaqul tarjimasida o'zbek tilida ham taqdim etiladi. "So'nggi nafas" kitobi sizni o'limdan qo'rqmaslikka, aksincha, hayotning har bir onini qadrlashga va ma'noga to'ldirishga ilhomlantiradi. Bu kitob hayotga boshqacha nazar bilan qarashga, vaqtni qadrlashga, yaqinlarga e'tiborli bo'lishga va har bir kunni mazmunga boy qilishga o'rgatadi.
Narxi: 127000