Suyukli Payg'ambarim bilan 365 kun! Suyukli Payg'ambarim do'stlari bilan 365 kun! Suyukli Qur'on kitobi bilan 365 kun! "Suyukli Payg‘ambarim bilan 365 kun" kitobi bolajonlarimiz uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak hayotlaridan hikoya qiluvchi ajib bir kitobdir. U zotning hayotlarini o‘rganish va undan ibrat olish mo‘minlar uchun saodatning bir manbayidir. Kitobdagi voqealar yosh avlodlarimizning fikrlashi va unga yondashishlarini inobatga olgan holda, sodda va tushunarli uslubda bayon qilingan. Shuningdek, o‘qilishi va qabul qilinishi oson bo‘lishi uchun kitob maʼlum qism, yaʼni kunlarga bo‘lib chiqilgan. "Suyukli Payg‘ambarimning do‘stlari bilan 365 kun" kitobida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning sahobalari, yaʼni u zot bilan bir davrda hayot kechirgan kishilarning fazilatlari, Islom yo‘lida qilgan xizmatlari haqida hikoya qilinadi. Sahobalar hayoti saodat asriga, Nabiy (alayhissalom)ning muborak umr yo‘liga tutash bo‘lganligi sabab, dinimizni o‘rganishda ularning ham hayotini bilishimiz bizga zarurdir. Kitob Toha Kilinchning "365 kunda Payg‘ambarimning do‘stlari" nomli kitobi asosida nashr yuzini ko‘rmoqda. Kitobning ovozli shakli hosil qilinishi bilan birgalikda, bolajonlarning mavzuni teran anglashlari uchun ichidagi suratlari yana-da boyitildi. "Suyukli Qurʼon kitobi bilan 365 kun" kitobi Qurʼonning mazmun-mohiyati asosida yozilgan bo‘lib, unda anbiyolar qissasi hamda saodat asridagi muhim voqea-hodisalar va ulardan olinadigan ibratlar, nasihatlar bayon qilinadi. Kitob Nurdan Damlaning "365 kunda suyukli kitobim Qurʼon" nomli asari asosida nashrga tayyorlandi. Kitobning ovozli shakli hosil qilinishi bilan birgalikda, bolajonlarning voqealarni teran anglashlari uchun ichidagi suratlari yana-da boyitildi. Siz, aziz ota-onalar, ushbu kitob orqali Nabiy sollallohu alayhi va sallamning xulqlari va u zotning ummat uchun qilgan ezgu ishlarini farzandlaringizga ham tanitishda ko‘mak berasiz, degan umiddamiz. Kitob orqali farzandlarimiz Rasululloh (alayhissalom) va sahobalar bilan bog‘liq voqea-hodisalar, o‘zaro muloqotlardan hikmat, ham o‘rnak olishadi, degan umiddamiz.
Narxi: 429000