Ko'pincha insonlar azob chekishdan qo'rqqani uchun azob chekadilar. Tavakkal qilishdan, o'zgarishdan va hayotidagi ba'zi narsalarni o'zgartirmay, qalblarini iztiroblarga ko'mib yashashadi. Ammo, xavotir va qiyinchiliklarga qaramay, harakat qilishga majburmiz. Aks holda, tashvishga tushishdan qo'rqqanimiz uchun qobiliyatlarimizni rivojlantira olmaymiz. "Uchishdan qo'rqmasang, osmon seniki" kitobi sizning qalbingizga uchish uchun jur'at uyg'otadi. U osmonni kenglik, ozodlik va buyuklik ramzi sifatida taqdim etadi, va kabutardek samoga ko'tarilish uchun nafaqat qanotlar, balki jasorat ham kerakligini uqtiradi. Kitob insonning ishq, muvaffaqiyat va baxt osmonida parvoz qila olishiga ishonch bag'ishlaydi. Ko'pchilik o'ziga ishonmasligi, layoqatsiz deb bilishi yoki ongiga o'rnashib qolgan zararli fikrlar sababli o'z oldida turgan imkoniyatlarga erisha olmaydi. Ushbu kitob ongingizdagi zanjirlarni parchalashga yordam beradi va sizni parvoz etishga undaydi – chunki osmon sizniki! Muallif Tuba Qilich tomonidan yozilgan ushbu nodir asar "Misbah" nashriyoti tomonidan 2024-yilda chop etilgan bo'lib, 182 sahifadan iborat. Bu shunchaki kitob emas, bu sizning ichki kuchingizni ochishga chorlovchi qo'llanmadir. Uni o'qing, parvoz eting va o'z osmoningizni zabt eting!
Narxi: 135000