Turk essenavisi O'zgur Bajaksiz qalamiga mansub "Yashamoq sokinlik istar" kitobi zamonaviy hayotning shovqin-suroni va kundalik tashvishlaridan charchaganlar uchun haqiqiy najot boʻlishi mumkin. Bu kitob sizni olam-shumul yugur-yugurlardan bir zumga toʻxtab, ichki tinchlik va sokinlik dunyosiga shoʻngʻishga undaydi. U orqali oʻzingizni yangi kuch va energiyaga toʻldirishingiz, stressni kamaytirishingiz hamda hayotning har bir lahzasidan toʻliq zavq olishingiz mumkin. Kitob insonning shoshqaloqlik tufayli hayotdagi asosiy qadriyatlar, imkoniyatlar va goʻzallikni koʻrolmay qolayotganini ochib beradi. Muallifning xotirjamlik orqali hayot halovatini tuyish borasidagi mulohazalari va turli hikoyalar orqali sabr, tafakkur hamda hayotni zavq bilan yashash saboqlari taqdim etiladi. "Yashamoq sokinlik istar" — bu shunchaki kitob emas, balki ichki sokinlik, hayotiy muvozanat va baxt sari yoʻl koʻrsatuvchi maʼnaviy yoʻl-yoʻriqdir. Ushbu kitob oʻquvchini hayotga yangicha, sokin va xotirjam nigoh bilan qarashga undaydi. Yaqinlaringiz uchun ham juda chiroyli va qadrli sovgʻa boʻla oladi. Kitob "Factor Books" nashriyotida chop etilgan boʻlib, 207-208 sahifadan iborat yumshoq muqovali asardir.
Narxi: 115000