Yechim, Doktor Oiz Qarniy kitobi

"Yechim, Doktor Oiz Qarniy kitobi" nomli maxsulot haqida:

Yechim, Doktor Oiz Qarniy kitobi maxsuloti rasmi

Ko'pchiligimizga "O'kinma" asari orqali yaxshi tanish bo'lgan mashhur islom olimi va yozuvchi Doktor Oiz Qarniyning "Yechim" nomli yangi kitobi bugungi jamiyatimiz duch kelayotgan dolzarb muammolarga chuqur ilmiy va diniy yechimlarni taqdim etadi. Ushbu qimmatli asarda oilaviy totuvsizlik, madaniy qoloqlik, korrupsiya, oiladagi zo‘ravonlik, ayollarga nisbatan adolatsizlik, shirk, bid’at va xudosizlik kabi og'riqli masalalar atroflicha tahlil qilinadi. Muallif har bir muammoga Qur’oni Karim va sunnati nabaviyadan, shuningdek, turli yetuk faqih, muhaddis, mufassirlar, Sharqu G‘arblik buyuk mutafakkirlar, faylasuflar va olimlarning asarlaridan asosli va amaliy yechimlarni keltiradi. Kitob ruhiy inqiroz va qiyin vaziyatlardan chiqish yo‘lini izlayotganlar, o‘z hayotida tinchlik, onglilik va mustahkam iymon topishni istagan har bir inson uchun bebaho qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. "Yechim" kitobi insonlararo munosabatlarni yaxshilash, shaxsiy va kasbiy rivojlanish yo‘lida muhim maslahatlar berib, o‘quvchilarga kundalik hayotdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tish va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Kitob qattiq muqovada, 416 sahifadan iborat bo‘lib, "Munir" nashriyoti tomonidan 2023-yil fevral oyida nashr etilgan.

Narxi: 155000

Buyurtma berish: