Hayotingizda ma'no izlayapsizmi? Og'ir sinovlarga duch kelganingizda umid chirog'ini yoqishni istaysizmi? Unda Mehmet Yildizning real voqealarga asoslangan «Izlash, Seni izlayotib jonim uzildi» asari aynan siz uchun. Bu kitob hayotining bahorida so‘ligan, maishiy zo‘ravonlik, qotillik, ko‘cha hayoti, giyohvandlik, yetimlik, afsus-nadomat va ruhiy azoblarni boshdan kechirgan yoshgina yigitchaning taqdiri haqida hikoya qiladi. Uning yosh qalbi buncha yukni ko‘tarishga qiynalganida, tubi yo‘q quduqda kelajak uchun bir tutam umid qidiradi. Aynan shu pallada u yo‘lini yo‘qotganlarga yo‘lboshchilik qilishni diliga tukkan yosh o‘qituvchi bilan uchrashadi. Bu uchrashuv uning hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi. "Izlash" shunchaki roman emas, balki o‘zini o‘zi bilish, hayot mazmunini aniqlash va ichki uyg‘unlikka erishish uchun falsafiy mulohazalar va amaliy maslahatlar bilan to‘ldirilgan haqiqiy qo‘llanmadir. Muallif tez sur’atda o‘zgarayotgan dunyoda o‘zligingizni qanday topish, haqiqiy baxt nimada ekanligini anglash va ichki shubhalardan xalos bo‘lish bo‘yicha muhim savollarga javob beradi. Mehmet Yildiz o‘zini qabul qilishga, ichki ovozingizni tinglashga hamda moddiy va ma’naviy hayot o‘rtasidagi muvozanatni topishga chorlaydi. Shaxsiy hikoyalar va ilhomlantiruvchi misollar orqali u o‘quvchilarni o‘z-o‘zini kashf qilish va ongli ravishda yashash yo‘lida yo‘naltiradi. "Hech kim hayotimizga bekordan-bekor kirib kelmagan. Ular biz uchun yo imtihon, yoki armug‘ondir" degan chuqur hikmatli so‘zlar asarning asosiy g‘oyasini tashkil etadi. Bu asar motivatsiya, ilhom yoki hayotning muhim savollariga javob izlayotgan har bir inson uchun eng yaxshi tanlov bo‘ladi. "Izlash" kitobi orqali siz o‘zingizni ro‘yobga chiqarish, maqsadlaringizni aniqlash va ularni hayotga tatbiq etish uchun zarur bo‘lgan asosiy tamoyillarni o‘rganasiz.

129000 UZS
Biz butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz.
To'lovni maxsulot yetib borganidan so'ng qilasiz