Abdulla Avloniyning durdona asari – "Turkiy guliston yoxud ahloq" kitobi asrlar osha o'z qimmatini yo'qotmay kelayotgan, har bir inson uchun ma'naviy komillik sari yo'l ko'rsatuvchi muhim qo'llanmadir. Jadid adabiyotining yirik namoyandasi, ma'rifatparvar va pedagog Abdulla Avloniy qalamiga mansub bu asar 1913-yilda yaratilgan bo'lib, axloqiy-ta'limiy ahamiyatga ega. Asarda inson uchun zarur bo'lgan barcha axloq-odob me'yorlari, ta'lim-tarbiya masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Muallif asarni ikki asosiy guruhga ajratgan: «yaxshi xulqlar» (33 maqola) va «yomon xulqlar» (21 maqola). Kitobda diyonat, sa'y-g'ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, sabr, nafsni tiyish, vijdon, iffat, oliyhimmatlik kabi yuksak insoniy fazilatlar chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, zulm, nifoq, ta'ma, hasad, loqaydlik, g'iybat, haqorat, uyatsizlik, chaqimchilik va adovat kabi illatlarning jamiyat va millat saodatiga salbiy ta'siri yorqin misollar bilan ko'rsatib berilgan. Abdulla Avloniy hayotiy rivoyatlar va hikoyalar asosida tarbiya va ta'lim bir-biri bilan uzviy bog'liqligini, tarbiya jarayoni avvalo o'qitish orqali amalga oshirilishini asar mazmuniga mohirona singdirgan. Uning "Har bir millatning dunyoda borligini ko'rsatadurg'on oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur" degan purma'no so'zlari milliy o'zlikni anglashga chorlaydi. Muallif o'z fikrlarini mustahkamlash uchun hadislarga, Qur'oni Karimdagi falsafiy hikmatlarga, shuningdek, Iskandar, Suqrot, Arastu, Aflotun, Ibn Sino, Mavlono Rumiy, Shayx Sa'diy kabi buyuk tarixiy shaxslar bilan bog'liq rivoyatlarga murojaat qilgan. Ayniqsa, asarning Shayx Sa'diyning "Guliston" asari usulida yozilgani uning adabiy qimmatini yanada oshiradi. "Turkiy guliston yoxud ahloq" kitobi yosh avlodning ma'naviy qiyofasini shakllantirishda, ularda milliy g'urur, vatanparvarlik va insoniy fazilatlarni kamol toptirishda bugungi kunda ham dolzarb darslik vazifasini o'taydi. Bu asar – o'zlikni anglash, barkamol inson bo'lib voyaga yetish va hayotda to'g'ri yo'lni tanlash istagida bo'lgan har bir kitobxon uchun bebaho manbadir.

79000 UZS
Biz butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz.
To'lovni maxsulot yetib borganidan so'ng qilasiz